Shundan qariyb 95 trln so‘mi davlat foydasiga, 67 trln so‘mi tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga, 46 trln so‘mi banklar foydasiga va 11,3 trln so‘mdan ortig‘i fuqarolar foydasiga undirilgan.
Energetika, suv ta’minoti va boshqaruv servis kompaniyalarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida 5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgan. "Temir daftar," "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" dasturlari doirasida fuqarolarga 3,6 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Bolalar manfaatida 6,6 trln so‘m aliment undirilgan.
Aliment majburiyatlari bo‘yicha qarz hisobiga 27,9 mlrd so‘mlik 179 ta uy-joy, 3,7 mlrd so‘mlik 45 ta avtomashina va 4,1 mlrd so‘mlik 280 ta boshqa mol-mulk o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, davlat ijrochilari tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik ishlar natijasida 188 mingdan ortiq oila yarashtirildi.