Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

MIB salkam 100 ming AQSh dollarini undirib berdi

MIB salkam 100 ming AQSh dollarini undirib berdi

Majburiy ijro byurosi Mo‘ynoq tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 2024-yil 21-noyabr kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi “WUDI HUAYI BIOLOGICAL TECHNOLOGI CO” MCHJ foydasiga jami 92.737 AQSh dollarini undirish belgilangan.

Ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning bank hisob raqamlariga inkasso qo‘yilib, unga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda xatlovga olingan va auksion savdolariga chiqarilgan.

O‘tkazilgan auksion savdolarida avtomashina 82.083.000 so‘mga sotilib, qarzdorlikning qolgan qismi qarzdorning bank hisob raqamidan undirilgan.

Undirilgan pul mablag‘lari joriy yilning 30-yanvar kuni undiruvchiga o‘tkazib berilib, tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishilgan.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!