Xabarga ko‘ra, Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2010 yil 5 oktyabrdagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor A.A.dan undiruvchi A.K. foydasiga 1/4 qism miqdorda aliment undirish belgilangan.
“Majburiy ijro harakatlari davomida Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochisi Z.Bekmuratovaning alimentchi otaga to‘g‘ri huquqiy targ‘ibot olib borishi natijasida qarzdor A.A.dan undiruvchi K.A. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment pullari to‘liq undirilib, ijro ishi tamomlandi”, — deyiladi xabarda.