Livandagi «Hizbulloh» shia guruhining deyarli 1500 a’zosi peyjerlarning portlashi tufayli ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdi. Bu haqda Al-Hadath telekanali xabar berdi .
The Times of Israel nashrining yozishicha , Isroil milliy razvedka xizmati Mossad shialarning Hizbulloh guruhi peyjerlarining batareyalariga portlovchi moddalar o‘rnatgan va ularni portlatish bilan shug‘ullangan.
Peyjerlar 17 sentyabr oqshomida portlagan. Natijada kamida 4 ming kishi tan jarohati oldi, 11 kishi , jumladan 8 yoshli bola va Hizbulloh yetakchilaridan birining o‘g‘lini qutqarib bo‘lmadi .
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi shifoxonalarni favqulodda holat rejimiga o‘tishga chaqirdi .