Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Londondagi Oksford ko‘chasi to‘liq piyodalar uchun ajratiladi

Londondagi Oksford ko‘chasi to‘liq piyodalar uchun ajratiladi

Londonning eng mashhur ko‘chalaridan biri, Vestminsterdagi Oksford ko‘chasi 1,1 km uzunlikdagi tirbandlikdan butunlay ozod qilinadi va piyodalar hududiga aylanadi.

Reja London meri Sodiq Xon tomonidan taqdim etilgan va poytaxtni piyodalarga qulay shaharga aylantirish rejasi hukmron Leyboristlar partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani sababli tasdiqlanishi kutilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Meriya ma’lumotlariga ko‘ra, Oksford ko‘chasini piyodalar ko‘chasiga aylantirish tarixiy muhitni tiklanishiga hissa qo‘shadi. Loyihaning qiymati 150 million funt sterlingga baholanmoqda.

“Oksford ko‘chasi Britaniya chakana savdosining gultoji bo‘lgan, ammo so‘nggi o‘n yil ichida u katta zarar ko‘rganiga shubha yo‘q”, dedi Sodiq Xon.

Oksford ko‘chasi 12 asrda paydo bo‘lgan va hozirgi nomini 1729 yilda olgan. Hozir bu Yevropadagi eng gavjum savdo ko‘chasi. Uning umumiy uzunligi 2,4 km. Unda 300 ga yaqin do‘kon mavjud bo‘lib, ulardan 90 ga yaqini jahonga mashhur brendlardir.

Oksford-stritga har kuni 500 mingga yaqin odam tashrif buyuradi. Cushman & Wakefield xalqaro ko‘chmas mulk agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘cha 2023 yil oxiriga kelib Yevropadagi eng qimmat ko‘chalar ro‘yxatida 18-o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 23:58 17.09.2024. O'qildi: 1525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!