Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Insonni kambag‘allikka mahkum qiluvchi odatni bilasizmi?

Insonni kambag‘allikka mahkum qiluvchi odatni bilasizmi?

Olimlar ish boshlanishiga yaqin vaqtda uyg‘onish odati odamni kambag‘allikka olib kelishi mumkin, degan xulosaga kelishdi. Tadqiqotlarga ko‘ra, muvaffaqiyatli insonlar o‘z kunini ish vaqtidan ancha oldin boshlaydi.

Masalan, amerikalik tadbirkorlar Bill Geyts va Mark Sukerberg erta turib jismoniy mashqlar, o‘z-o‘zini rivojlantirish va shaxsiy ishlariga vaqt ajratishadi.

Ishdan ancha oldin uyg‘onish nafaqat ko‘nikmalarni yaxshilashga yordam beradi, balki butun kun davomida yuqori energiyani saqlab turishga ham zamin yaratadi.

Ishga yaqin uyg‘onish esa insonni kunni tinch boshlash imkonidan mahrum qiladi. Bu esa stress va ish samaradorligining pasayishi xavfiga olib keladi.

Ertalabki tartibning yo‘qligi tufayli inson o‘z-o‘zini rivojlantirish va kunni rejalashtirishga ulgurmaydi. Bunday holat moliyaviy qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.

Buning oldini olish uchun mutaxassislar erta uyg‘onishni, shaxsiy va kasbiy rivojlanishga hissa qo‘shadigan mashg‘ulotlarga vaqt ajratishni tavsiya etishmoqda. Masalan, kitob o‘qish, jismoniy mashqlar yoki kunlik rejalarni yozish bilan shug‘ullanish mumkin.

Kiritildi: 22:14 17.09.2024. O'qildi: 1267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!