Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Qonliko‘l tumani hokimligidan 4 nafar mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlariga jami 109,4 mln. so‘m oylik ish haqlarini undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi Qonliko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdorga sud qarorlari ijrosini ta’minlamaslik qo‘shimcha ijro yig‘imi va ma’muriy jarima qo‘llashga asos bo‘lishi tushuntirilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talablari ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan uning bank hisob raqamlari hamda jami 9 ta “Nexia 3” rusumli avtotransport vositalari xatlovga olingan.
Shuning natijasida, Qonliko‘l tumani hokimligidan undirilishi lozim bo‘lgan jami 109,4 mln. so‘m ish haqlari 4 nafar ishchilarga joriy yilning 07-yanvar kuni undirib berilgan.