Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariga asosan mavjud soliq qarzdorliklarini undirish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida soliq qarzdorligini undirishga oid jami 2 trln. 39 mlrd. so‘mlik 40 mingdan ortiq hujjatlar kelib tushgan. Ko‘rilgan sa’y-harakatlar natijasida 31 mingdan ortiq ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanib, 718 mlrd. so‘mlik qarzdorlik undirilgan.
Shuningdek, qoldiqdagi ijro hujjatlari bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegishli 172 ta 191 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xususan, 26 ta 178 mlrd so‘mlik ko‘chmas mulk, 144 ta 12 mlrd. so‘mlik avtotransport vositalari hamda 2 ta boshqa turdagi mulklar xatlanib, auksion savdolariga chiqarilishi ta’minlangan. Mazkur mulklar belgilangan tartibda realizasiya qilinib, mol-mulk sotuvidan tushgan mablag‘lar qarzdorlik uchun yo‘naltirilish ta’minlanadi.
Misol uchun, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasining qaroriga asosan "EYVALAK-TECHNOLOGY" MCHJning soliq qarzdorligi bo‘yicha Ohangaron shahar “Guliston” mahallasida joylashgan uy xatlanib, realizasiya qilish uchun elektron onlayn auksion savdoga chiqarilib, auksion natijalariga ko‘ra ko‘chmas-mulk 2 mlrd. 116 mln. so‘mga sotilgan.
Bu boradagi tadbirlar davom etmoqda.