Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Metropoliten: bekatlarga metall detektorlar o‘rnatilmoqda

Metropoliten: bekatlarga metall detektorlar o‘rnatilmoqda

Toshkentdagi metro bekatlarda xavfsizlik choralarini ta’minlash va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida metall detektorlar o‘rnatilishi boshlandi.

Bu haqda metropoliten ma’muriyati xabar berdi.

Toshkent metropolitenidan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa, o‘z o‘rnida metropoliten xodimlaridan qo‘shimcha mas’uliyat va javobgarlikni talab etadi.

Shu boisdan ham, bekatlardagi xavfsizlik choralarini ta’minlash va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida barcha metro bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini o‘rnatish ishlari boshlanmoqda.

Shu o‘rinda yo‘lovchilardan o‘zlari va o‘zgalarining xavfsizligiga befarq bo‘lmasliklarini hamda xavfsiz xizmat ko‘rsatilishida yaqindan yordam berishlarini so‘raymiz, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 09:21 07.09.2024. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!