Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Meta Ispaniya OAVsiga salkam 480 million yevro to‘laydigan bo‘ldi

Meta Ispaniya OAVsiga salkam 480 million yevro to‘laydigan bo‘ldi

Meta Platforms ispan ommaviy axborot vositalariga qarshi sudda yutqazdi va korporasiya 87 ta mahalliy OAVga 479 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ispaniya ommaviy axborot vositalari korporasiyani reklama bozorida halol raqobat qoidalarini va Yevropa Ittifoqining ma’lumotlarni himoya qilish qoidalarini buzganlikda ayblab, 2023 yil dekabrida sudga murojaat qilgan. Da’vogarlarning so‘zlariga ko‘ra, Meta 2018 yilning mayidan 2023 yilning avgustigacha bo‘lgan davrda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini “ommaviy” va “tizimli tarzda” to‘plagan, keyin esa bu ma’lumotlardan maqsadli reklama uchun foydalangan.

Sudyaning hisob-kitobiga ko‘ra, kompaniya ushbu besh yil ichida reklamadan kamida 5,3 milliard yevro daromad olgan. Bu miqdor sud tomonidan 2018 yilgi Yevropa Ittifoqining ma’lumotlarni himoya qilish qonunini buzgan holda olingani aniqlangan.

Kiritildi: 07:00 21.11.2025. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!