Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Messi tayyor

Messi tayyor

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi jarohatini davoladi. 38 yoshli futbolchi jamoa mashg‘ulotlariga qaytdi, deya xabar bermoqda Inter Miami News Hub nashri, shuningdek, so‘nggi o‘yinda jarohati tufayli ishtirok etmagan Jordi Alba ham mashg‘ulotlarda qatnashdi. Argentinalik va ispaniyalik 28 avgust, payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Orlando Siti"ga qarshi Ligalar kubogi yarim finalida ishtirok etishga tayyor.

Lionel Messi "Inter Mayami"ning avvalgi ikki uchrashuvida maydonga tushmagan. Umuman olganda, hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda 20 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:05 26.08.2025. O'qildi: 886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!