Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Messi sharafiga "Kamp Nou"da uning haykali o‘rnatiladi

Messi sharafiga "Kamp Nou"da uning haykali o‘rnatiladi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi yangilangan "Kamp Nou" stadionida Lionel Messining haykalini o‘rnatish niyati borligini ma’lum qildi.

"Messi har doim "Barselona"ning oila a’zosi bo‘lib qoladi; u bizning eshiklarimiz uning uchun ochiqligini biladi. Biz uni hurmat qilamiz, u "Barselona"da eng yuqori e’tirofga loyiq.

"Kamp Nou"da uning sharafiga haykal o‘rnatilishi kerak. U klubimizda o‘z izini qoldirgan afsonaviy futbolchilardan biri.

Buni yig‘ilishda muhokama qildik va shuning ustida ishlayapmiz. Biz uning oilasidan rozilik olishimiz kerak. Bu barcha "Barsa" muxlislariga yoqadi", - dedi Kataloniya klubi prezidenti.

Kiritildi: 23:23 14.11.2025. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!