Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Messi: «Kelajakda nimalar bo‘lishi yolg‘iz Xudoga ayon»

Messi: «Kelajakda nimalar bo‘lishi yolg‘iz Xudoga ayon»

Argentina terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralashida Venesuelani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Lionel Messi bahsda dubl muallifiga aylandi. Messi Ekvadorga qarshi so‘nggi saralash o‘yinini o‘tkazib yuboradi - u dam oladi. Messi bir kun avval terma jamoada o‘z yurtidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazgan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.

Juma kuni Messi ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berdi.

"Mutlaqo o‘ziga xos kecha, u hali ham hissiyotlar tufayli meni tinch qo‘ymayapti. Barchangizga mehringiz va doimiy qo‘llab-quvvatlashingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman. Nima bo‘lishi, kelajakda nimalar bo‘lishi yolg‘iz Xudoga ayon. Olg‘a, Argentina!" - deb yozdi Messi.

Argentina terma jamoasi kelasi yozda AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida jahon chempionligini himoya qiladi.

Kiritildi: 23:53 05.09.2025. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!