Germaniyaning yangi kansleri AQSh prezidenti bilan ilk telefon suhbatida asosiy e’tibor Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga qaratildi.
Mers Tramp bilan suhbatda, Rossiya muzokaralarga yo‘l ochish uchun o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Tramp Germaniya, Fransiya, Britaniya va Polshaning barqaror tinchlikka erishish yo‘lidagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga so‘z berdi.
Shuningdek, ular savdo kelishmovchiliklarini hal etishga kelishib oldilar hamda Ikkinchi jahon urushidan 80 yil o‘tgach, AQSh va Germaniya o‘rtasidagi ittifoqchilikni tasdiqladi.