Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mers Tramp tashabbusi bilan tuzilgan “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga tayyor, biroq...

Mers Tramp tashabbusi bilan tuzilgan “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga tayyor, biroq...

Mers Tramp tashabbusi bilan tuzilgan “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga tayyor ekanini, biroq Berlin uning hozirgi holatdagi boshqaruv tuzilmasini “qabul qila olmasligini” bildirdi.

"Bir necha hafta avval men prezident Trampga shaxsan “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga tayyor ekanimni aytgandim. Biroq bu dastlab rejalashtirilganidek, G‘azodagi tinchlik jarayonini, jumladan, hali boshlanmagan ikkinchi bosqichni ham muvofiqlashtiradigan, shuningdek, HAMASni qurolsizlantirishni o‘z ichiga oladigan organ bo‘lishi sharti bilan amalga oshishini aytgandim.

Hozirgi shaklda tuzilgan “Tinchlik kengashi”ning boshqaruv tuzilmasini Germaniya konstitusiyaviy sabablarga ko‘ra ham, qabul qila olmaydi", — dedi Germaniya kansleri.

Kiritildi: 10:17 24.01.2026. O'qildi: 878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!