Germaniya kansleri Fridrix Mers Isroilni G‘arbiy Sohilni anneksiya qilish yo‘lidagi har qanday qadamlardan, jumladan u yerda aholi punktlari qurishdan voz kechishga chaqirdi.
Mesning Iordaniyaga tashrifi chog‘ida aytgan so‘zlaridan Germaniya hukumati matbuot xizmati iqtibos keltirmoqda.
"Biz Falastin davlatchiligiga yo‘lni ochiq tutishimiz kerak. Shuning uchun G‘arbiy Sohilda anneksiya tomon hech qanday qadam bo‘lishi mumkin emas - na rasmiy, na siyosiy, na qurilish, na faktik va na mintaqani anneksiya qilishdek boshqa choralar", - dedi Mers.
Kansler Yaqin Sharq muammosini ikki davlat - Isroil va Falastin yaratish orqali hal qilishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.