Germaniya kansleri Fridrix Mers 20 fevral kuni Shtutgartda bo‘lib o‘tgan konservativ partiya qurultoyida Xristian-demokratik ittifoq (XDI) rahbari etib qayta saylandi. Delegatlarning 90 foizdan ortig‘i uning nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
Die Welt nashrining yozishicha, Mers birinchi turda kutilmaganda yetarli ovoz to‘play olmadi va ikkinchi turni o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Saylov kech boshlangani va texnink nosozlik kuzatilgani sababli Fridrix Mersning qayta saylangani haqida uch soatdan ortiq kechikish bilan e’lon qilindi.
Germaniyaning sobiq kansleri va XDI a’zosi Angela Merkel natijalarni kutmay, qurultoyni erta tark etdi. Xabarlarga ko‘ra, Merkel shu kuni Berlinga boradigan so‘nggi poyezdga ulgurish uchun chiqib ketgan.
Nashr Merkel ketishdan avval amaldagi kansler va uning rafiqasi Sharlotta bilan do‘stona xayrlashganini qayd qilgan.
2024 yil may oyida bo‘lib o‘tgan XDI qurultoyida ham Mers qariyb 90 foiz ovoz olgan edi. U ilk bor 2022 yilda, koronavirus pandemiyasi sabab onlayn o‘tkazilgan partiya qurultoyida konservatorlar yetakchisiga aylangan.