Germaniya kansleri Fridrix Mers AQSh prezidenti Donald Trampning "Tinchlik Kengashi"ga qo‘shilishga tayyorligini, ammo rejani hozirgi shaklda qabul qila olmasligini aytdi.
Mers bu bayonotni Rimda Italiya Bosh vaziri Djordjio Meloni bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytdi.
"Tinchlik Kengashi"ning hozirgi shaklida biz konstitusiyaviy sabablarga ko‘ra uning boshqaruv tuzilmasini qabul qila olmaymiz. Biroq, agar maqsad bizni dunyoning turli mintaqalarida tinchlikka yaqinlashtiradigan yangi formatlarni topish bo‘lsa, biz Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlikning boshqa shakllarini - yangi shakllarini - o‘rganishga tayyormiz", deb ta’kidladi u.
Mers ushbu formatlar faqat G‘azo sektori va Yaqin Sharq bilan cheklanib qolmasligi, balki, masalan, Ukrainaga ham qo‘llanilishi mumkinligini ta’kidladi.