Germaniya kansleri Fridrix Mersning aytishicha, Bundesverning 45-tank brigadasining Litva hududiga joylashtirilishi "NATOning sharqiy qanotini mustahkamlash"ga qaratilgan.
Bu haqda Litva milliy radiosi LRT xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mers Litvaga ertalab yangi blokni rasmiy ishga tushirish marosimida ishtirok etish uchun yetib keldi. Kansler Litva Prezidenti Gitanas Nauseda bilan uchrashdi.
LRT xabariga ko‘ra, qo‘shma matbuot anjumanida kansler bu kunni tarixiy deb atadi va "Litva xavfsizligi Germaniya xavfsizligiga aylanganini" ta’kidladi. Rekord vaqt ichida joylashtirilayotgan bo‘linma "o‘ta keskin" xavfsizlik vaziyatida NATOning sharqiy qanotini mustahkamlash uchun mo‘ljallangan, dedi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi harbiy qism faoliyati boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir Vilnyusdagi sobor maydonida bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda Mers va Nausedadan tashqari Germaniya kansleri bilan birga kelgan Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Boris Pistorius va uning litvalik hamkasbi Dovile Shakaliyene ham ishtirok etdi. Maydonda Germaniya, Litva va NATOning ko‘p millatli jangovar guruhining mingga yaqin askarlari saf tortgan.