Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

"Men Zelenskiy bilan gaplashishni istardim. Unga aytadigan gaplarim bor"

"Men Zelenskiy bilan gaplashishni istardim. Unga aytadigan gaplarim bor"

Belarus prezidenti bu haqda “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Men Zelenskiy bilan gaplashishni istardim. Unga aytadigan gaplarim bor. Menimcha, maslahatlashuvlarni boshlash vaqti keldi. Rossiya armiyasi barcha jabhalarda yirik aholi punktlarini nazoratga oldi va ularni to‘xtatish qiyin bo‘ladi", — dedi Lukashenko.

Belarus prezidentining fikricha, agar Zelenskiy hozir to‘xtamasa, butun Ukrainani yo‘qotadi.

"Agar 2022 yilda Kiyev Moskvaning takliflarini qabul qilganida edi, hozirda Ukraina Qrimdan tashqari barcha hududlari ustidan nazoratni saqlab qolgan bo‘lardi. Hozir ham Ukraina mojarosi bo‘yicha yaxshi takliflar bor, ularni AQSh prezidenti Donald Tramp ham eshitgan", — dedi Lukashenko.

Kiritildi: 23:01 26.09.2025. O'qildi: 1338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!