Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Men telefon qilib, Tailand va Kambodja o‘rtasidagi urushni to‘xtataman — AQSh prezidenti

 Men telefon qilib, Tailand va Kambodja o‘rtasidagi urushni to‘xtataman — AQSh prezidenti

Donald Tramp Pensilvaniyadagi mitingdagi chiqishida Tailand va Kambodja o‘rtasidagi mojaro bilan yana shug‘ullanishga majbur bo‘layotganini aytdi.

"Urush bugun boshlandi va ertaga men ularga telefon qilaman. Yana kim “Men telefon qo‘ng‘irog‘i bilan, ikki juda kuchli davlat, Tailand va Kambodja o‘rtasidagi urushni to‘xtataman?”, deya oladi?", — dedi Tramp.

Tailand va Kambodja chegarasidagi yangi keskinlik 6–7 dekabr kunlari boshlandi. Tailand Kambodja harbiylarining minomyotdan o‘t ochganini ma’lum qilgan va bunga javoban havo zarbalarini bergan. Kambodja Mudofaa vazirligi esa birinchi bo‘lib hujum qilgan tomon sifatida Tailandni ko‘rsatgan.

2025 yil iyul oyida ikki davlat o‘rtasidagi harbiy ziddiyat keskinlashgan edi. Oktyabr oyida Tailand va Kambodja AQSh prezidenti ishtirokida tinchlik kelishuvini imzolagandi. Tramp buni “tarixiy kelishuv” deb atagandi.

Kiritildi: Bugun 15:06. O'qildi: 163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!