Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

«Men qanday musulmon bo‘ldim...» Yoxud Muhammad Ali qachon yig‘lagan?

«Men qanday musulmon bo‘ldim...» Yoxud Muhammad Ali qachon yig‘lagan?

Boks bo‘yicha  jahon chempioni rahmatli Muhammad Ali shunday hikoya qilgan edi:

“... Yoshligimda juda qiziquvchan bola bo‘lganman.

Buvim  bilan cherkovga  borar, u yerda  ham ko‘p narsalarga  qiziqar edim. Cherkovdagi rasmlarni ko‘rib savol berardim...

~ Nega hamma farishtalar oq rangda, Isus (Nasroniylar Iso alayhissalomni Isus  deydilar) ham oq rangda, yomon narsalar esa qora rangda?..

Agarda sen yomon inson bo‘lsang qora ro‘yxatga tushasan, hattoki, iblis ham qora qizil rangda...

Evropaliklar bizni ongimizni buzishgan, avvaliga dinimizni o‘g‘irlashib, bizga o‘zlarining ismlarini berishgan.

Oltin medalni yutganimdan so‘ng oq tanlilarni o‘z o‘rniga qo‘yib qo‘yaman, deb o‘yladim va "DOWNTOWN" restoraniga kirib keldim.

... U yerda qora tanli inson ovqatlana olmas edi.

Oltin medal, Olimpiada chempioni... va men biron buyurtma qilmoqchi edim.

Menda hammasi joyida, kambag‘al emasman ortiq, ammo shunday bo‘lsa-da, meni restorandan haydab yuborishdi. Bundan juda hafa bo‘ldim va daryo bo‘yiga borib Oltin medalimni suvga uloqtirdim...

...Men Muhammad alayhissalom va Islom dinida irqchilik yo‘qligi haqida eshitdim. Masjidga bordim. Oyoq kiyimimni yechib, masjid ichiga tushkin holatda kirdim.

Hamma jim o‘tirar, namoz vaqtini kutishar edi. Ularni kuzata boshladim. O‘z ko‘zlarimga ishonmadim: oq tanlilar qora tanlilar bilan gaplashishar, birga kulishar va ibodat qilishar edi.

Bu holatni ko‘rib juda quvondim. Shu payt oq tanli musulmon qora tanli musulmonni quchoqlaganini ko‘rdim bu men uchun chaqmoq zarbasiday bo‘ldi...

...Ularni kuzatayotganimda imom keldi va: «Seni oldin ko‘rmagan edim» deya so‘z boshladi.

Men esa musulmon bo‘lishni xohlashimni aytdim.

Imom: “Albatta, ibodatdan so‘ng” dedi..

Namozdan keyin u meni oldiga chorladi, so‘ng «Sen tan olasanmi Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Uning quli va payg‘ambari ekanini?» dedi. Men «Ha» dedim, qolganlar esa «Allohu akbar» deb qichqirishdi.

Men yig‘lab yuboraman deya o‘ylamagandim. Ko‘pchilik va hatto Imom ham yig‘lab yubordi. Meni tabriklab, bag‘rilariga bosishdi. Ismimni Muhammad deb o‘zgartirdim. Men buyuklikdan ham ustun bo‘ldim va chempion bo‘lganimda ham yig‘lamadim. Lekin musulmon bo‘lgan kunim yig‘lab yuborgandim...

Men  bokschidan ko‘ra ko‘proq  musulmonman..."

 

Kiritildi: 09:28 20.01.2020. O'qildi: 3072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!