AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan norozi ekanini bildirdi.
"Men Putinning qilayotgan ishlaridan noroziman. U juda ko‘p odamlarni o‘ldiryapti, men bilmayman, u bilan nima balo bo‘ldi? Men uni anchadan beri bilaman, doim u bilan yaxshi munosabatda bo‘lganman, lekin u shaharlarga raketalar bilan zarbalar beryapti, odamlarni o‘ldiryapti, bu menga mutlaqo yoqmayapti", — dedi Tramp.