Nashrning yozishicha, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni shu hafta YEI yetakchilarining Bryusseldagi favqulodda sammitda, Yevroittifoqning boshqa yetakchilarini AQSh prezidenti Donald Trampga ochiqchasiga qarshilik ko‘rsatish siyosati noto‘g‘ri ekanligidan ogohlantirgan. U Trampga qarshi kurashish “yomon g‘oya” ekanini ta’kidlab, AQSh bilan bevosita ziddiyatga kirishish Yevropaga zarar keltirishini aytgan.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi yetakchilari kelasi oy Bryusselda “strategik aqliy hujum” uchun yana uchrashib, siyosatni yangi jahon tartibiga moslashtirish yo‘llarini muhokama qilishga qaror qilgan. Ushbu muhokamalar davomida katta davlatlar o‘rtasidagi raqobatning xalqaro huquqdan ustun kelayotgani ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, favqulodda sammit Trampning Grenlandiya masalasida harbiy harakatlar va Yevropa davlatlariga bojlar joriy etish tahdidlari fonida chaqirilgan edi.