Mexiko shahrida (Meksika poytaxti) zilzila oqibatida 12 kishi jabrlandi.
Bu haqda Meksika poytaxti meri Klara Brugada ma’lum qildi.
"Zilzila oqibatlarini bartaraf etish protokoli amalga oshirilgach, 12 ta jarohatlar qayd etildi, beshta elektr ustunlari va to‘rtta daraxt qulab tushdi, turli hududlarda elektr ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha 18 ta qo‘ng‘iroqlar kelib tushdi”, — deb yozadi u.
Hokimning so‘zlariga ko‘ra, shahar xizmatlari zilzila oqibatlarini baholash, turar-joy va ma’muriy binolar, shuningdek, muhim infratuzilma ob’ektlarini tekshirishda davom etmoqda.