Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Meksikadagi “Z avlod” noroziliklari ortida siyosiy moliyalashtirish bormi? Prezident shubha bildirdi

Meksikadagi “Z avlod” noroziliklari ortida siyosiy moliyalashtirish bormi? Prezident shubha bildirdi

Meksika prezidenti mamlakatdagi “Z avlod” namoyishlari o‘ng qanot siyosatchilar va biznesmenlar tomonidan moliyalashtirilayotganini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Namoyishchilar Uruapan shahri meri Karlos Manso otib o‘ldirilganidan keyin hukumatdan jinoyatchilikka qarshi qat’iyroq choralar ko‘rishni talab qilishmoqda.

"Poytaxt Mexiko shahrida niqobli namoyishchilar guruhi prezident Klaudiya Sheynbaumning qarorgohi hisoblanuvchi Milliy saroy atrofidagi to‘siqlarni buzib tashladi. To‘qnashuvlar paytida polisiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi", deya xabar bermoqda agentlik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlar paytida kamida 120 kishi jarohat olgan, ulardan 100 nafari polisiya xodimlari, qolganlari tinch aholi vakillari. Polisiya 20 kishini hibsga oldi, yana 20 kishi ma’muriy huquqbuzarlikda ayblanmoqda.

So‘nggi paytlarda Marokash, Madagaskar, Peru va Nepalda ham yoshlarning norozilik namoyishlari (ba’zan “Z avlodi” noroziliklari deb ataladi) bo‘lib o‘tdi. Bunday namoyishlar odatda turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tashkillashtirilmoqda.

Kiritildi: 22:53 16.11.2025. O'qildi: 764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!