Meksika janubidagi Oaxaka shtatida yo‘lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi.
Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum ijtimoiy tarmoq orqali voqea haqida ma’lum qildi.
"Dengiz kuchlari vazirligi menga okeanlararo poyezd halokati natijasida afsuski 13 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. 98 kishi jarohat oldi, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir", deb yozadi u.
Meksika harbiy-dengiz kuchlarining aniqlik kiritishicha, poyezdda 250 kishi, jumladan to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi va 241 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Hodisa Chivela va Nizanda shaharlari o‘rtasida sodir bo‘lgan. Meksika Bosh prokuraturasi allaqachon tergov boshlagan.