Qo‘lga olish operasiyasi Guzman klan kartelining “poytaxti” hisoblangan Kuliakan shahrida bo‘lib o‘tdi.
Kuliakan ma’muriyati kun bo‘yi davom etayotgan otishmalar tufayli mahalliy korxonalarni yopdi.
Jinoyatchilar erta tongda mahalliy aeroportga qo‘ngan. Meksika harbiy-havo kuchlarining samolyotiga qarata o‘q uzgan. Hozirda aeroport yopiq va barcha reyslar bekor qilingan.
Xavfsizlik bo‘yicha ekspert Oskar Balderasning fikriga ko‘ra Ovidioning hibsga olinishini Baydenning Meksikaga tashrifi arafasida siyosiy ishora sifatida ko‘rish kerak.