Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Meksikada avtobus va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

A A A
Meksikada avtobus va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

Meksikaning Sakatekas shtatida avtobusning yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘lgani va yana besh kishining jarohatlangani haqida shtat gubernatori Devid Monreal ma’lum qildi.

“Bugun ertalab Sakatekas-Aguaskalentes avtomagistralida sodir bo‘lgan YTHdan chuqur qayg‘udaman. Afsuski, 24 kishi halok bo‘ldi va 5 nafar kishi jarohatlandi. Voqea joyiga barcha xavfsizlik va favqulodda xizmatlar safarbar qilingan”, deb yozdi Monreal X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, YTH Sakatekas-Aguaskalentes trassasida sodir bo‘lgan. Yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketib jarga qulagan. Qurbonlar va jabrlanganlarning shaxsi haqida ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 11:01 27.10.2024. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!