Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Meksika yaqinlashib kelayotgan BMT Bosh Assambleyasida Ukrainadagi harbiy harakatlarni besh yil muddatga zudlik bilan to‘xtatish rejasini taklif qiladi

A A A
Meksika yaqinlashib kelayotgan BMT Bosh Assambleyasida Ukrainadagi harbiy harakatlarni besh yil muddatga zudlik bilan to‘xtatish rejasini taklif qiladi

Bu haqda mamlakat prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Mexikoda Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan paraddagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muloqot va tinchlik qo‘mitasining tuzilishi Moskva va Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlab yuboradi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Rim papasi Frensis va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish qo‘mitada vositachi sifatida ko‘rilmoqda, deb yozadi CNN.

Lopes Obrador, shuningdek, davom etayotgan mojaroga hissa qo‘shayotgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar va Ukrainaga yirik qurol-yarog‘ yetkazib berishni ham tanqid qildi.

Kiritildi: 14:24 17.09.2022. O'qildi: 2017 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!