Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Meksika prezidenti Tramp bilan "ajoyib suhbat" o‘tkazganini aytdi

Meksika prezidenti Tramp bilan "ajoyib suhbat" o‘tkazganini aytdi

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Meksika suverenitetini hurmat qilgan holda xavfsizlik masalalari, narkotrafik, shuningdek, savdo va investisiya mavzularini muhokama qilganini yozdi.

Keyinroq Sheynbaum kundalik matbuot anjumanida Trampning harbiy harakatlar bo‘yicha takliflarini rad etganini va Qo‘shma Shtatlarning Meksikaga harbiy aralashuvini to‘xtatishga erishganini aytdi. Bundan tashqari, Sheynbaum agar AQSh buning aksini bildirsa, u yana qo‘ng‘iroq qilishini qo‘shimcha qildi.

Tramp o‘tgan hafta Fox News telekanaliga bergan intervyusida Meksikani kartellar boshqarayotganini ta’kidlab, AQSh ularga qarshi kurashish uchun Meksika hududidagi ob’ektlarga zarba berishi mumkinligiga ishora qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:46. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!