Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

"Mehrli maktab"ning Farg‘onadagi filiali ochilganiga bir oy to‘ldi

A A A
"Mehrli maktab"ning Farg‘onadagi filiali ochilganiga bir oy to‘ldi

Kecha "Mehrli maktab"ning Farg‘onadagi filiali ochilganiga bir oy to‘ldi.

Bu davrda Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan 104 nafar bola ta’lim olishni davom ettirdi. Maktab yoshidagi bolalar uchun yozgi ta’til kunlarida fan to‘garaklari tashkil etilmoqda, art-terapiya amalga oshirilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolajonlarimiz ham zerikib qolmayapti, ular turli rivojlantiruvchi va qiziqarli mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Filial psixologi tomonidan bolalar va ota-onalar uchun reabilitasiya muolajalari o‘tkazilmoqda, ularga sog‘ayib ketish yo‘lida ko‘maklashmoqda.

"Mehrli maktab" filiali o‘z ishini boshlashidan avval barcha pedagog va tarbiyachilar stajirovkadan o‘tdi, amaliy seminar va o‘quv treninglarida ishtirok etdi.

Kiritildi: 06:30 13.07.2023. O'qildi: 2037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!