Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari tomonidan maishiy texnika vositalari qimmat narxlarda harid qilinganligi fosh etildi

Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari tomonidan maishiy texnika vositalari qimmat narxlarda harid qilinganligi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari mansabdor shaxslari, “A” xususiy korxonasi rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib,  o‘rtacha bozor bahosi 338,4 mln so‘mni tashkil etuvchi 126 dona turli maishiy texnika vositalarini 653,1 mln so‘mga ya’ni, 314,7 mln so‘mga qimmat narxlarda xarid qilishib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:09 05.04.2021. O'qildi: 1368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!