Bugun 12 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mehmet Seyfetdin Erol: Saylovga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan biror jihatga ko‘zim tushmadi

A A A
Mehmet Seyfetdin Erol: Saylovga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan biror jihatga ko‘zim tushmadi

Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida bu safar har qachongidan ham ko‘proq kuzatuvchilar ishtirok etmoqda. Turkiya Respublikasi Anqara inqiroz va siyosatni o‘rganish markazi – “AnkaSAM” direktori Mehmet Seyfetdin Erol ulardan biri.
Xorijlik mehmonning O‘zbekiston, mamlakatimizdagi saylov jarayonlari xususidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Mehmet Seyfetdin Erol: Saylovga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan biror jihatga ko‘zim tushmadiMehmet Seyfetdin Erol: Saylovga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan biror jihatga ko‘zim tushmadiMehmet Seyfetdin Erol: Saylovga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan biror jihatga ko‘zim tushmadi
– O‘zbekistondagi Prezident saylovida kuzatuvchi bo‘lib ishtirok etish men uchun katta sharafdir, – dedi Mehmet Seyfetdin Erol. – Biz kun davomida bir qator saylov uchastkalarida bo‘ldik. Odamlarning faolligi, saylovda o‘zi munosib, deb topgan nomzod uchun erta tongdanoq kelayotganiga guvoh bo‘ldim.

Saylov jarayoniga oid barcha ishlar yuksak saviyada, shaffof, haqqoniy, ochiq va oshkora tarzda bo‘lib o‘tmoqda. Bu yerda odamlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan biror jihatga ko‘zim tushmadi. Saylov bilan bog‘liq barcha jarayonlar xalqaro talablarga to‘liq javob beradi.

Kiritildi: 20:29 24.10.2021. O'qildi: 2027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!