Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Fors ko‘rfazidagi arab davlatlarining o‘z hududlariga Amerika bazalarini joylashtirganini va soddalarcha ulardan himoya kutganini istehzo bilan gapirdi.
“Hech qanday himoya emas! AQSh ulardan shunchaki foydalanadi, o‘zi esa faqat bitta davlatni (Isroilni nazarda tutmoqda) himoya qiladi. AQSh bazalari sizga haqiqatan ham kerakmi? Jiddiy o‘ylab ko‘ring – ular himoya emas, ular tahdiddir”, dedi Rossiya sobiq rahbari.