Ro‘yxat ta’ziyanomalar, qabristonlar va harbiy memoriallardan olingan fotosuratlar, shuningdek, ochiq davlat reestrlari ma’lumotlarini tahlil qilish asosida shakllantirilgan.
Halok bo‘lganlarning eng katta qismini hamon 82 224 nafar ko‘ngillilar tashkil etmoqda. Keyingi o‘rinlarda tadqiqotchilar tomonidan qaysi toifaga mansubligi aniqlanmagan jangchilar – 48 177 nafar, kontraktchilar – 45 923 nafar, mahbuslar – 25 367 nafar va safarbar qilinganlar – 18 955 nafarni tashkil etmoqda.
Jurnalistlar 2023 yilgacha bo‘lgan davrda o‘zini "Donesk Xalq Resbuplikasi" va "Lugansk Xalq Resbuplikasi" deb atagan tuzilmalar tarkibida halok bo‘lganlarni hisobga olishmagan. 2023 yilning yanvaridan boshlab ular Rossiya bo‘linmalari tarkibida jang qilayotgan chet elliklar qatoriga kiritilgan.
Bundan tashqari, hisob-kitoblarga Shimoliy Koreyadan (KXDR) halok bo‘lganlar kiritilmagan. Meros ishlari reestri ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2022 yilning fevralidan 2025 yilning oxirigacha Rossiya fuqarosi bo‘lgan 352 mingga yaqin rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Chet el fuqarolarining yo‘qotishlarini hisobga olgan holda, Rossiya tomonidan halok bo‘lganlarning umumiy soni 367 mingdan 523 ming kishigacha bo‘lgan oraliqda bo‘lishi mumkin.
Ukrainaning Harbiy asirlar bilan muomala qilish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtabining 2026 yil 30 mart holatiga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasiga 135 ta davlatdan 27 mingdan ortiq chet ellik yollangan bo‘lishi mumkin. Britaniya Hukumat aloqa markazi direktori Enn Kist-Batler yaqinda o‘zining birinchi ommaviy ma’ruzasi chog‘ida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushdagi yo‘qotishlari 500 ming kishiga yaqinlashayotganini ma’lum qildi.
Ommaviy axborot vositalarining qayd etishicha, agar ularning tahlillari halok bo‘lganlar umumiy sonining taxminan 45–65 foizini qamrab oladi deb hisoblaydigan ekspertlar fikri inobatga olinsa, halok bo‘lgan rus harbiylari sonining yuqori chegarasi 497 ming kishiga yetishi mumkin, bu esa Kist-Batlerning bahosiga yaqindir.