Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

«MEDIA.UZ» futbol haftaligining 1-tur natijalari: 43 ta gol, 8 ta yirik g‘alaba va 1 ta durang (+foto)

A A A
«MEDIA.UZ» futbol haftaligining 1-tur natijalari: 43 ta gol, 8 ta yirik g‘alaba va 1 ta durang (+foto)

23-29 avgust kunlari o‘tkaziladigan «MEDIA.UZ» futbol haftaligi doirasida 1-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

“MEDIA UZ” futbol haftaligining birinchi kuni musobaqalar juda qizg‘in va murosasiz o‘tdi. Jamoalarning tinimsiz oldinga intilishi, to‘pga jon holatda tashlanishidan ularning g‘alabaga nechog‘li chanqoq ekani ko‘rindi.

Yakkasaroy tumani jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli sobiq «Tekstilchilar» stadionida o‘tkazilgan o‘yinlarning birinchi kunida jamoalar umumiy hisobda 43 ta gol kiritishdi, 8 ta o‘yinda yirik hisob qayd etildi. Bundan tashqari ikki jamoaga turli sabablarga ko‘ra texnik mag‘lubiyat yozildi.

Bugun 2- va 3-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu futbol haftaligi OAV, nashriyot-matba korxonalari xodimlari, jurnalist va blogerlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

 

Kiritildi: 15:48 24.08.2019. O'qildi: 1870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!