Chorshanba kuni Moskvada MDHga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashi kotiblarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi xabar berishicha, yig‘ilishga Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu raislik qiladi.
Xabarga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari MDH hududidagi xavfsizlikning dolzarb muammolari va tahdidlarini, shuningdek, birgalikdagi javob choralarini muhokama qiladi.
Bundan tashqari, tomonlar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida gumanitar va ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.