Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

MDH davlatlari orasida eng arzon non qayerda?

A A A
MDH davlatlari orasida eng arzon non qayerda?

Numbeo tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil 20 fevral holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda 500 gramm og‘irlikdagi non 0,5 dollar turadi. Taqqoslash uchun: MDH davlatlari orasida non Ozarbayjonda 0,42 dollar, O‘zbekistonda 0,47 dollar, Rossiyada 0,51 dollar, Armanistonda 0,69 dollar turadi.

Eng arzon non Tunis va Jazoirda (0,16 dollar), eng qimmati esa AQShda (3,56 dollar) bo‘lgan.

Dunyoning yirik shaharlari orasida eng arzon nonni Tunisda (0,15 dollar), eng qimmatini esa Bermud orolidagi Gamiltonda (8,26 dollar) sotib olish mumkin.

Ostona shahrida non 0,51 dollar, Olmaotada 0,6 dollar.

MDH davlatlari poytaxtlarida vaziyat shunday: Bishkekda non 0,45 dollar, Bokuda 0,46 dollar, Kishinyovda 0,52 dollar, Toshkentda 0,54 dollar, Minskda 0,56 dollar, Moskvada - 0,6 dollar.

Kiritildi: 21:57 23.02.2024. O'qildi: 2246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!