Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

McDonald's go‘sht yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli Qozog‘istonni tark etmoqchi

A A A
McDonald's go‘sht yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli Qozog‘istonni tark etmoqchi

McDonald's go‘sht yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli Qozog‘istonni tark etmoqchi. Bu haqda Bloomberg kompaniya rejalaridan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSh kompaniyasi mahalliy Food Solutions KZ franchayzisiga Moskvaga qarshi sanksiyalar fonida rossiyalik yetkazib beruvchilardan go‘sht kotletlarini sotib olishni taqiqlagan. Noyabr oyida ta’minot bilan bog‘liq muammolar tufayli kompaniya Qozog‘istondagi 24 ta restoranlar tarmog‘i ishini to‘xtatdi.

Food Solutions KZ ta’minot zanjirlarini qayta tiklay olmadi. Manbalarning ta’kidlashicha, mahalliy va yevropalik ishlab chiqaruvchilardan yuqori narxlarda xarid qilish hamda qimmat yuk tashish restoranlarning zarar ko‘rishiga olib keladi.

Qolaversa, vaziyat McDonald's ning Qozog‘istondagi franshizasi egasi Qayrat Boranboyevning hibsga olinishi bilan murakkablashdi. 2022 yil mart oyida u mablag‘larni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha hibsga olingan. Bloomberg'ning qayd etishicha, Boranboyev Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qarindoshi bo‘lib, 2022 yil yanvaridagi norozilik namoyishlaridan keyin mamlakatda hokimiyatdan ketgan.

Kiritildi: 19:54 05.01.2023. O'qildi: 1660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!