Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Mbappe va Xoland raqobati. Ikki superforvardning natijalari taqqoslandi

Mbappe va Xoland raqobati. Ikki superforvardning natijalari taqqoslandi

Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi.

Touchline tahliliy resursi har ikki jamoa to‘purarlari - Kilian Mbappe va Erling Xolandning katta o‘yin oldidan to‘purarlik ko‘rsatkichlarini taqqosladi.

Norvegiyalik futbolchi hozircha to‘purarlik bo‘yicha fransuzni ortda qoldirmoqda, u joriy mavsum klub va terma jamoasi safida barcha o‘yinlarda 33 ta gol urgan, Kilian hisobida 30 ta gol bor. Shu bilan birga, fransuz ko‘proq golli uzatmalarni amalga oshirmoqda - uning hisobida 7 golli uzatma bor. Xoland hisobida esa 5 ta golli uzatma bor.

Hozircha zamonamizning eng yaxshi ikki hujumchisi o‘zaro to‘qnashuvda uchrashish-uchrashmasligi noma’lum, sababi Mbappeda bellashuv oldidan sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan.

Kiritildi: 19:01 10.12.2025. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!