Bugun 11 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Mbappe va Vinisius o‘rtasidagi ziddiyat kuchaymoqdami?

Mbappe va Vinisius o‘rtasidagi ziddiyat kuchaymoqdami?

"Real" hujumchilari Kilian Mbappe va Vinisius Junior o‘rtasidagi munosabatlar tobora keskinlashmoqda.

Bu haqda "Don Balon" xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Vinisius Mbappening kamdan-kam hollarda to‘p uzatishidan va hujumlarni o‘zi yakunlashni afzal ko‘rishidan norozi. Braziliyalik hujumchi allaqachon kiyinish xonasida noroziligini bildirib, fransiyalikning xudbinligi jamoani "o‘n kishi bilan o‘ynashga" majbur qilganini ta’kidlagan.

Klub ichidagilarning ta’kidlashicha, futbolchilar o‘rtasida yetakchilik, jamoadagi ta’sir va individual mukofotlar — La Liganing eng yaxshi to‘purarligidan tortib "Oltin to‘p"gacha bo‘lgan kurash avj olgan.

Mojaro, ayniqsa, yaqinda bo‘lib o‘tgan "El Klasiko"dan keyin kuchaygan, o‘shanda Vinisius Mbappe unga to‘p uzata olmagan voqeaga jiddiy reaksiya bildirgan. O‘shandan beri futbolchilar o‘rtasidagi ziddiyat faqat kuchaydi.

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso oldida jamoa hujum chizig‘ida muvozanatni tiklash va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdek murakkab vazifa turibdi. Aks holda ichki qarama-qarshiliklar klub natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kiritildi: 20:25 10.11.2025. O'qildi: 1248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!