AQSh Prezidenti Donald Trampning Oq uydagi yig‘ilish paytida ko‘zlarini yumgan holdagi suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
CNNning xabar berishicha, dam olish kunlari ijtimoiy tarmoqlarda Trampning Oq uyda o‘tgan tadbirda ko‘zlarini yumgan holda o‘tirgan suratlari keng tarqaldi.
Prezident o‘sha kuni mashhur ozish dori vositalarining narxi pasaytirilgani haqidagi e’lon marosimida ishtirok etgan.
Nashr yozishicha, “ba’zi lavhalarda Trampning ko‘zlari butunlay yumilgan, boshqalarida esa uni ochiq tutishda qiynalayotgandek ko‘ringan”. Shu sababli u yig‘ilish paytida uxlab qolgani haqidagi fikrlar tarqalgan.
Kaliforniya gubernatori va Prezidentning siyosiy raqibi Gevin Nyusomning matbuot xizmati suratlarni “Uyquchi Don qaytdi” degan yozuv bilan e’lon qildi.
Bu tanqidlarga javoban Oq uy vakili Teylor Rojers Tramp uxlamaganini ta’kidladi: “Prezident butun tadbir davomida faol ishtirok etgan, so‘zlagan va jurnalistlarning savollariga javob bergan.