Bugun 11 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Yil oxirigacha Tehron yashash uchun yaroqsiz holga kelishi mumkin

Yil oxirigacha Tehron yashash uchun yaroqsiz holga kelishi mumkin

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning ma’lum qilishicha, Tehron shahridagi suv omborlarining sathi so‘nggi 60 yil ichida eng past darajaga tushgan. Bu holat suv ta’minotining keskin tanqisligini va infratuzilmaning zaifligini ko‘rsatmoqda.

Tehron shahrida kechalari suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatila boshlandi, ayrim tumanlarda bu cheklovlar allaqachon joriy etilgan. Suv omborlaridagi zaxira ba’zi hududlarda 10 foizdan kam qolgan, bu esa nafaqat ichimlik suvi, balki gidroelektrostansiyalar faoliyatini ham izdan chiqarishga olib kelgan. Tehron aholisi so‘nggi olti yil davom etayotgan qurg‘oqchilik oqibatlarini har yil sezdirib borilayotganini ta’kidlamoqda.

Shahid Abbospur nomidagi Suv va energetika universiteti bo‘lim boshlig‘i Ali Moridining fikricha, suv inqirozi faqat iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq emas. Uning ta’kidlashicha, bu holat ilmiy ogohlantirishlarga e’tibor berilmagani, hamkorlikning yo‘qligi va resurslarni noto‘g‘ri boshqarish natijasida yuzaga kelgan.

Agar yil oxirigacha yomg‘irlar yoqmasa, Tehron va uning atrofidagi markaziy hududlar yashash uchun yaroqsiz holga kelishi mumkin. Yer osti suvlarining kamayishi va tuproq sho‘rlanishi sababli, qishloq aholisi shaharlarga ko‘chib ketmoqda. Bu esa shaharlarda tartibsiz urbanizasiya va ijtimoiy muammolarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.

Eron suv resurslarining 80 foizidan ortig‘ini qishloq xo‘jaligiga sarflaydi. Bu holat dehqonlar hayotiga katta zarar yetkazmoqda, markaziy viloyatlardagi suv omborlari qurg‘oqchilik tufayli endilikda ishlatilmaydi.

Energetika vaziri Abbos Ali Obodiy aholini suvni vannalarda zaxira qilishga chaqirgan. Prezident Pezeshkiyon esa agar vaziyat o‘zgarmasa, Tehron aholisini vaqtincha ko‘chirish mumkinligini aytgan. Hozircha ko‘chirish qanday amalga oshirilishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Eron Suv xo‘jaligi federasiyasi rahbari Rizo Hoji Karimning so‘zlariga ko‘ra, bu inqirozning ildizi ilmiy ogohlantirishlarga e’tibor berilmagani, iqlim o‘zgarishi va yer osti suvlarining kamayishi bilan bog‘liq.
“Biz suvni tugamaydigan resurs deb bildik, ammo endi haqiqat bizga o‘zini majburlab sezdirmoqda”, — deydi Karim.

Kiritildi: 17:37 10.11.2025. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!