Bugun 11 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Endi Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishlari bo‘lmaydi

Endi Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishlari bo‘lmaydi

Sadir Japarov “fitnachilar”ning urinishlariga qaramasdan, mamlakatda davlat to‘ntarishlari yuz bermasligini aytdi.

"Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishlari bo‘lmaydi. Birinchidan, bunga imkon bermaymiz. Ikkinchidan, avvalgi zaif davlat endi yo‘q. Davlatimiz kuchli. Uchinchidan, xalq kimni qo‘llab-quvvatlash kerakligini va hokimiyat tepasida kimlar bo‘lishi kerakligini yaxshi biladi. Bundan buyon to‘ntarishlarni faqat tushingizda ko‘rasiz. Marodyorlik, talonchilik, mansab egallash va to‘ntarishdan keyin boyishga urinish faqat tushlaringizda bo‘ladi", — deb yozdi Japarov Facebook sahifasida.

Prezidentning qayd etishicha, Qirg‘izistonda “mamlakatdagi muammolarni oshirib ko‘rsatayotgan”, xalqni gij-gijlayotgan va saylovlar vaqtida nimadir yuz berishiga umid qilayotgan “yomon niyatli guruhlar” bor.

"Bu guruhlar tarkibi sud tomonidan mol-mulki va pullari davlat byudjetiga o‘tkazilgan korrupsiyachilar, mamlakat hukumati tomonidan "soyadagi sxemalar"ga ruxsat olgan shaxslar va amalidan chetlatilgan, lekin "o‘z manfaati uchun shaxsan o‘ch olmoqchi bo‘lgan sobiq amaldorlardan iborat", — dedi Japarov.

Kiritildi: 17:21 10.11.2025. O'qildi: 1067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!