Rossiya Ukrainadagi urush tugashidan oldin Yevropadagi biror davlatga hujum qilishi mumkin, chunki Putin murakkab vaziyatda qolgan — Zelenskiy.
Ukraina prezidenti bunday fikrni The Guardian nashriga bergan intervyusida bildirdi.
Volodimir Zelenskiyning intervyusidan asosiy iqtiboslar:
◾️ Polsha ustida, shuningdek, Bryussel, Kopengagen va Myunxen aeroportlari yaqinida paydo bo‘lgan dronlar Ukrainadagi frontda sezilarli ilgarilay olmayotgan Rossiyaning boshqa hududlarga ko‘z tikayotganini belgisidir;
◾️ Putin avvalo Ukrainani bosib olmoqchi, keyin esa boshqa joyga yurishi mumkin, degan fikrni — unutishimiz kerak. U bularning ikkalasini ham bir paytda qilishi mumkin;
◾️ Rossiya dronlari va qiruvchi samolyotlarining NATO'ga a’zo Sharqiy Yevropa davlatlari — Polsha, Ruminiya, Estoniya chegaralarini buzgan holatlar Rossiyaning Ukrainadagi frontda sezilarli natijaga erisha olmaganligi bilan bog‘liq;
◾️ Rossiya allaqachon “Evropaga qarshi gibrid urush” olib bormoqda va NATO'ning “qizil chiziqlarini” sinovdan o‘tkazmoqda;
◾️ Ukraina AQShdagi ishlab chiqaruvchilardan 27 ta Patriot kompleksiga buyurtma berishni rejalashtirmoqda. Ungacha Yevropadagi davlatlar o‘zlarida mavjud Patriot tizimlarini Kiyevga vaqtincha berib turishi mumkin;
◾️ Ukrainani Rossiyaning dronlar hujumlaridan himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlar bilan ishlayapmiz. Ammo hozircha Buyuk Britaniya va boshqa ittifoqchilar Kiyevning uzoq vaqtdan beri kiritayotgan so‘roviga qaramay, mamlakatning markaziy va g‘arbiy qismi ustida havo patruli uchun o‘z harbiy samolyotlarini yuborishdan bosh tortmoqda;
◾️ YEI va Buyuk Britaniyaning yordami yetarli emas. Urush tugaganda va Putin to‘xtashga majbur bo‘lganini tushunganda yordam yetarli bo‘ladi;
◾️ Biz ittifoqchilarimizdan ko‘p narsalarni so‘raganmiz, shu jumladan, qurol-yarog‘lar berilishini, YEI hamda NATO'ga a’zo bo‘lishni;
◾️ Ukraina hududida qo‘shin joylashtirish haqidagi qarorni ayni davlatlarning o‘zi qabul qilishi lozim;
◾️ Haddan tashqari bosim o‘tkazsak, Kiyev hamkorlarining moliyaviy va harbiy yordamini yo‘qotish xavfiga duch kelishi mumkin.