Kilian Mbappe "Arsenal"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
"Real" hujumchisi Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan o‘yinda Deklan Rays bilan to‘p uchun kurashda yiqilib, to‘pig‘idan jarohat oldi. Tibbiyot xodimlari Mbappega yordam berishdi, ammo fransuz yakunda o‘yinni davom ettira olmadi. 75-daqiqada Karlo Anchelotti uning o‘rniga Braim Diasni maydonga tushirdi.
Chempionlar Ligasining joriy mavsumida Mbappe pley-offda sermahsul harakat qilmadi. Hujumchi 1/8 finalda "Atletiko" bilan har ikki o‘yinni to‘liq o‘tkazdi, shu jumladan javob o‘yinida qo‘shimcha bo‘limlarda ham, "Arsenal"ga qarshi birinchi o‘yinda (0:3) to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.