Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Mbappe: «Real» — dunyoning eng yaxshi klubi, ammo «PSJ»...»

Mbappe: «Real» — dunyoning eng yaxshi klubi, ammo «PSJ»...»

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe sobiq jamoasi — «PSJ» bilan «Real» o‘rtasidagi farq haqida gapirdi.

«Bu ikki klub juda farqli tarix va madaniyatga ega. «PSJ» — nisbatan yosh klub, «Real» esa uzoq yillik tarix va chuqur an’anaga ega jamoa. Madaniyat ham boshqacha. Shubhasiz, «Real» — dunyodagi eng yaxshi klub, ammo «PSJ» ham eng kuchlilar qatorida. Ular futbolga ikki xil yondashuvni ifoda qiladi. Men «PSJ»ning bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman va «Real» safida bo‘lishimdan ham faxrlanaman», — dedi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik hujumchi 2017-2024 yillar oralig‘ida «PSJ» safida to‘p surgan va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan. U 308 ta o‘yinda 256 ta gol urgan.

«Real» safida esa Mbappe 2024 yilning yozidan beri o‘ynamoqda va shu paytgacha barcha musobaqalarda 72 ta o‘yinda 60 ta gol kiritgan.

Kiritildi: 23:26 01.11.2025. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!