Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mbappe Ramos bilan «Real»ga o‘tishini muhokama qildi

Mbappe Ramos bilan «Real»ga o‘tishini muhokama qildi

Serxio Ramos Kilian Mbappega «Real»ga o‘tishidan oldin yordam beradi.

«PSJ» bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan hujumchi bir necha hafta davomida Madridga ko‘chib o‘tishga tayyorgarlik ko‘radi.

L'Equipe xabariga ko‘ra, Mbappe Ramos bilan aloqada bo‘lib turibdi. Ular «PSJ»da 2 yil birga o‘ynashgan. Kilian hozirda «Sevilya»da o‘ynayotgan himoyachi bilan «Real»ga o‘tishini muhokama qildi. Bundan tashqari, «qaymoqranglilar» sobiq sardori fransiyalik hujumchiga Madriddan uy topishga yordam beradi.

Qayd etilishicha, Serxioning poytaxtda bir nechta uylari bor va ulardan birini Kilianga sotishi mumkin.

Avvalroq Mbappening onasi Fayza Lamari o‘g‘liga uy izlash uchun Madridga kelgani xabar qilingandi.

25 yoshli futbolchi bu mavsumda «PSJ» safida 32ta o‘yinda maydonga tushib, 32ta gol urdi va 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:02 01.03.2024. O'qildi: 2232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!