Kilian Mbappe La Ligadagi dastlabki 45 o‘yinda Krishtianu Ronaldudan ko‘proq gol urdi.
Fransuz Ispaniya chempionatining 11-turida "Valensiya"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. Endi uning hisobida ushbu musobaqada 45 ta o‘yinda 44 ta gol bor.
Mbappe bu natijaga Ronaldudan tezroq erishdi. Krishtianu La Ligadagi dastlabki 45 o‘yinda 43 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Mbappedan tezroq 44 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan so‘nggi futbolchi Ferens Pushkash edi. U 44 o‘yindan keyin shuncha gol urgan.